"Real"ning muhim hujumchisi jarohat sabab, 10 kunga safdan chiqdi!
"Real Madrid" futbolchisi Rodrigo taxminan o’n kunga safdan chiqdi.
Madrid klubining xabariga ko‘ra, 25 yoshli Braziliya terma jamoasi a’zosida o‘ng oyoq payida tendinoz aniqlangan. Bu — pay tolalarining surunkali degenerativ-distrofik kasalligi bo‘lib, kollagen tolalarining yupqalashishi va yemirilishi bilan tavsiflanadi.
"Marca" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining tiklanish muddati taxminan 10 kunni tashkil etadi. Shu tariqa, Rodrigo 8 fevral kuni "Valensiya"ga qarshi va 14 fevral kuni "Real Sosyedad"ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi.
Joriy mavsum La Ligada u 18 o‘yinda 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar