"Real"ning sobiq futbolchisi Mourino jamoasiga o‘tishi mumkin

  • 7 fevral, 2023, 18:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"dagi faoliyati bilan tanilgan ispaniyalik yarim himoyachi Isko Italiya chempionatiga o‘tishi mumkin. "Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga "Roma" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining vakili Rim klubini tark etishga yaqin turgan Nikolo Dzanoloning o‘rniga Iskoni taklif qilgan. Italiyalik futbolchi Istanbulning "Galatasaroy" klubiga o‘tish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isko hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi ish joyi "Sevilya" bo‘lib, futbolchi 2022 yil oxirida jamoasidan ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!