“Real”ning sobiq yulduzi mardlik qildi
Yulduzli onlarini “Real”, “Milan” va “Manchester Siti”da o‘tkazgan Robino Braziliyaga qaytib, “Santos” bilan shartnoma imzoladi.
36 yoshli futbolchi yangi jamoasida 2021 yilning fevraligacha to‘p suradi va oyiga 271 AQSh dollari miqdorida maosh oladi.
- “Santos”ni doim o‘z uyim sifatida ko‘rganman. Asosiy maqsadim “Santos”ni avvalgi mavqeini tiklashga ko‘maklashish. Aslida men bu jamoadan hech qachon ketmasligim kerak edi. O‘zim o‘sgan klubga qaytganimdan mamnunman. Men futbolchi bo‘lishni orzu qilardim va “Santos” niyatimga etkazdi.
Hozir “Santos” qiyin damlarni boshdan o‘tkazmoqda. Men uchun ko‘p narsa bergan klubga yordamlashish uchun minimal maoshga o‘ynashga qaror qildim. Muhimi shu erda bo‘lish, - dedi Robino.
Fikrlar