
"Real"ning xato qilishini kutish qiyin"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liga chempionligi uchun kurash haqida gapirib o‘tdi.
"Juda xursandman. O‘z ishimizga fidoyilik bilan yondashyapmiz. Biz tinmay o‘z ustimizda ishlayapmiz va bu ish bermoqda.
Balki, mana shu "Barselona" bu mavsumdagi eng zo‘ridir. Yirikroq hisobda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, lekin "Sevilya" darvozaboni Bunu ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Bu olti ochkolik bahs edi va biz ikkinchi o‘rindamiz.
Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. "Real"ning xato qilishini kutish qiyin, ammo biz oxirigacha kurashamiz", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar