“Real”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum

  • 25.01.2026 14:39
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real" yozda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Bu haqida "Defensa Central" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubining ayni vaqtda ro‘yxatdan 4 nafar futbolchi joy olgan. "Qaymoranglilar"ning asosiy maqsadi PSJ futbolchisi Vitinyani qo‘lga kiritish.

Keyingi o‘rinda "qirollik klubi" "Kristal Pэlas"dan Adam Uorton, "Chelsi"dan Enzo Fernandez va "Manchester Siti"dan Rodri bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha madridliklar hech qaysi klubga taklif bilan chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa shogirdlar kecha safarda "Vilyarreal"ni mag‘lub etib, 51 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!