Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Namangan viloyatida sportning “Regbi-7” turi bo‘yicha o‘gil bolalar va qiz bolalar (U-16) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 2-davra o‘yinlari rasmn boshlandi.

Mazkur nufuzli musobaqa Mingbuloq tumani sport maktabida yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Unda yurtimizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan terma jamoalar ishtirok etmoqda.

Ushbu musobaqada jami 28 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!