Regbichilarimiz Malayziyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Malayziyda regbi-7 bo‘yicha “Borneo Sevens” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Turnirda 8 ta erkaklar va 6 ta ayollar jamoalari ishtirok etdi. Bellashuvlarda finalgacha yetib borgan qizlarimiz yakunda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yigitlarimiz bronza medallariga egalik qilishdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!