
Reja o‘zgardi
Italiyalik mutaxassis Antonio Konte Angliya premer-ligasi vakili “Tottenxem”ning o‘yinini ancha kuchaytirdi.
Tajribali murabbiy yana ikkita transfer bozorida faol qatnashib, tarkibni kuchaytirish orqali jamoani chempionlik uchun kurashayotgan klublar qatoriga qo‘shish mumkinligini ta’kidladi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Kontening o‘zi klubni tark etishga qarshi emas. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Antonio “Yuventus”ga qaytib bormoqchi. Turinliklarning hozirgi murabbiyi Maksimiliano Allegri kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti.
“Tottenxem” rahbariyati Konteni olib qolish uchun u bilan muzokara o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar