Rekord golni urgan Ronaldu Oʻzbekiston klubi ustidan gʻalabadan soʻng bayonot berdi

  • 13.10.2026 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiyaning «An-Nasr» jamoasida to‘p surib kelayotgan portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z jamoasining o‘z maydonida O‘zbekistonning «Neftchi» klubi ustidan qozongan yutugi haqida fikr bildirdi. 

Uchrashuv OFK Chempionlar Ligasining Elit bosqichi umumiy saralashining ikkinchi turi doirasida o‘tkazilib, 3:1 hisobida «An-Nasr» foydasiga yakunlandi. 

«Bugun kechadagi g‘alaba juda muhim. Rivojlanishda davom etyapmiz», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi X sahifasida.

Portugaliyalik forvard o‘yinning 42-daqiqasida gol urdi. Ushbu gol Ronalduning professional faoliyatidagi 981-gol bo‘lib, uning shaxsiy jahon rekordini yanada yangiladi.

Uchrashuvda hisobni 33-daqiqada Anjelo Gabriyel ochdi. Tanaffusdan so‘ng, 51-daqiqada Alisher Odilov «Neftchi»ning oraliqni qisqartirishga erishdi. Biroq 78-daqiqada Anvarjon G‘afurov o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va shu tariqa uchrashuvdagi yakuniy hisob o‘rnatildi.

«An-Nasr» ushbu g‘alaba orqali musobaqadagi ilk uch ochkosini qo‘lga kiritdi va G‘arbiy mintaqadagi jadvalda sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Ronaldu jamoasining navbatdagi o‘yini 26 oktyabr kuni o‘z maydonida BAAning «Al-Vasl» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!