Rekord transferdan keyin sen “Siti”ga kerakmassan!
“Manchester Siti”ning xoratiyalik tajribali yarim himoyachisi Mateo Kovachich joriy yozda klubni tark etadigan navbatdagi yuqori saviyali futbolchiga aylanishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Xorvatiya terma jamoasi yulduzi va UEFA Chempionlar ligasining to‘rt karra g‘olibi o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi kutilyapti.
Klubning rekord xaridi bo‘lgan Elliot Anderson kelganidan keyin yarim himoyada o‘yin vaqti uchun raqobat yanada kuchayadigan bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti” rahbariyati Mateo Kovachichga joriy yozda o‘ziga yangi klub topishiga ruhsat berilgan.
“Inter”, “Real” va “Chelsi”da o‘ynagan futbolchisi 2023 yil iyun oyida Pep Gvardiola tashabbusi bilan 25 million funt sterling evaziga “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Shu vaqt ichida u klub safida 97 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Biroq ushbu o‘yinlarning faqat to‘qqiztasi jarohatlar bilan og‘ir kechgan 2025/26 yildagi mavsumga to‘g‘ri keldi. 32 yoshli futbolchi to‘piq jarohati sabab maydondan chetda qoldi. Bu vaqtda “Siti” Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida g‘oliblik uchun kurashayotgan edi.
Football Insider nashrining xabar berishicha, xoratiyalik futbolchi endi “shaharliklar” uchun keraksiz, deb hisoblanmoqda va transfer oynasi yopilishidan oldin Manchesterni tark etishi ehtimoli juda yuqori.
“Manchester Siti” yarim himoyasi bu yozda “Nottingem Forest”dan klub rekordi hisoblangan 116 million funt sterling evaziga sotib olingan Elliot Anderson bilan kuchaytirildi.
Kovachich 2026 yildagi jahon chempionatida o‘z o‘yini bilan yaxshi taassurot qoldirdi. U Xorvatiya terma jamoasining Torontoda Portugaliyaga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan uchrashuvida eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi.
Endi ko‘p narsa, Enzo Mareska tajribali futbolchini avgust oyining birinchi yarmida Osiyo turnesiga jalb qilishi yoki uni bu yig‘inga chaqirmasligiga bog‘liq.
Mazkur yig‘in yangi bosh murabbiy Enzo Mareska o‘z yarim himoyachilaridan nimani kutayotganini va Kovachich uning rejalariga kirish-kirmasligini ko‘rsatib beruvchi muhim mezon bo‘ladi.
Agar Kovachich haqiqatdan ham ketadigan bo‘lsa, u joriy yozda klubni tark etayotgan Jon Stounz, Bernardu Silva va Natan Ake qatoriga qo‘shiladi.

Fikrlar