
Rekordlardan arimayotgan Messi Giggzning natijasini takrorladi
Ayni daqiqalarda Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Ferentsvarosh" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda.
Kataloniyaliklarning sardori Lionel Messi 27-daqiqada penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shunday qilib, Messi ChLning ketma-ket 16-mavsumida gol urdi va "Manchester Yunayted" ing sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz o‘rnatgan rekordni takrorladi.
Fikrlar