Reshford asosiy tarkibdan "chopilishi" mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshfordning formasidan xavotirda."The Mirror" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" jamoasi bosh murabbiyi Erik ten Xag futbolchini zaxira o‘rindig‘iga qo‘yishi mumkin.
2023/2024 yilgi mavsumning to‘qqizta rasmiy o‘yinida Reshford faqat bir marta - 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan APL doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda gol urgan edi.
Hozirda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Erik ten Xag shogirdlari navbatdagi o‘yinini 7 oktyabr, shanba kuni o‘z maydonida "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar