Reşford "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Markus Reşford faoliyatini yana "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Reşfordning kelajagi jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikka bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutaxassis futbolchi yana eng yuqori darajaga qaytish imkoniyatiga ega deb hisoblamoqda.
Agar Kerrik klubda qolsa, Reşfordning o‘zining qadrdon jamoasida yana bir bor omadini sinab ko‘rish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Aks holda “qizil iblislar” qanot hujumchisini sotib yuboradi.
“Barselona” angliyalik futbolchini o‘tgan yozda ijaraga asosda tarkibiga qo‘shib olgandi. 28 yoshli hujumchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar