Reşford raqib jamoaga o'tib ketadi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reşford yozgi transferlar oynasida manchesterliklarning azaliy raqiblaridan hisoblangan “Tottenxem”ga o‘tishi mumkin.
Ayni paytda 28 yoshli Reşford Angliya terma jamoasi safidagi jahon chempionatidan keyin ta’tilda bo‘lib turibdi. Biroq uning kelajagi haligacha noaniqligicha qolmoqda.
“Manchester Yunayted” haftasiga 325 ming funt maosh oladigan Markus Reşfordni to‘liq sotib yuborib, xarajatlarni qisqartirishni afzal ko‘rmoqda.
Bu yozda Reşford “Arsenal” bilan ham bog‘langan edi. Ammo talkSPORT nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar Markus Premyer-liganing boshqa klubiga o‘tsa, bu klub “Tottenxem” bo‘ladi.
“Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar yana ikki nafar hujumchi sotib olishni istayotganini allaqachon tasdiqlagan.
Kutilishicha, Reşfordni doimiy transfer asosida 30 million funt evaziga sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu summa yozda allaqachon 237 million funt sarflagan “Tottenxem” uchun muammo emas.

Fikrlar