
Revansh fursati etdi: Bugun "Paxtakor" OChLdagi yurishini davom ettiradi
"Paxtakor" klubi 17 sentyabr kuni "Al-Hilol" bilan yana bir o‘yinda maydonga tushadi.
Bu safargi bahsda diskvalifikatsiya sababli "sherlar"ga Eldor Suyunov va Dragan Cheran yordam bera olmaydi. Payshanba kungi bahsda "Paxtakor" mezbon sifatida o‘ynaydi. Guruhda hozircha "Al-Hilol" 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, OChLdagi yagona vakilimiz "Paxtakor" 6 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
"Paxtakor" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 17 sentyabr, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Dohadagi "Al-Janub" stadionida boshlanadi.
Fikrlar