
Reyna "Real"ga o‘tishga rozilik bildirdi
"Milan" klubi darvozaboni Pepe Reyna yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar jamoasini almashtirishga tayyor. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispaniyalik posbon "Real"ga o‘tishga rozilik bildirgan. Aytish kerakki, u jamoadn ketish arafasida turgan Keylor Navasning o‘rnini egallashga tayyor.
O‘z navbatida “rossonerilar” ham yiliga 6 mln evroga yaqin maosh oladigan 36 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Reyna o‘tgan mavsum “Milan” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 15ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transferi esa 1 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar