Reynders: "Men uchun to‘langan summaga hayron bo‘ldim"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reynders o‘z transfer bahosi haqida fikr bildirdi. O‘tgan yoz "shaharliklar" uni "Milan"dan deyarli 55 mln evroga xarid qilishgan edi. Hozirgi kunda Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 70 million evroga baholanmoqda.
"Vau, bu juda ko‘p. Har doim sobiq jamoadoshlarimning profillarini Transfermarkt'da ko‘rib turaman, ularning karerasi qanday rivojlanayotganini bilish uchun, ammo o‘z narximni o‘rganmagan edim. Men transfer bo‘lganimda, men uchun to‘langan summaga hayron bo‘ldim. Bu yoqimli kompliment bo‘ldi", — deydi 27 yoshli futbolchi "Sport Witness"ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Reynders "Manchester Siti" safida 18 ta o‘yinda 1 ta gol urgan va 5 ta golli pas bergan.
Fikrlar