Riberi yana "Marsel"ga qaytishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubidan ketgan vinger Frank Riberi yana "Marsel"ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Marsel” – bu men uchun alohida bir mavzu. Bu jamoada o‘tkazgan yillarim butun umr xotiramda qoladi. Yana bu erga qaytish? Albatta, hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Men hozir bo‘shman. Nimalar bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi", - deydi 36 yoshli frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Riberi “Marsel” safida 2005-2007 yillarda to‘p surgan va 60ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 11ta gol urishga erishgan.
Fikrlar