Rikelme: "Prezident bo‘lsam, Xoland va Rodri "Real"da o‘ynaydi"
"Real" prezidentligiga nomzod Enrique Rikelme Erling Xolandning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi va bu holatni 2000 yildagi Luish Figu transferi bilan taqqosladi.
"Xolandni mendan ko‘ra, ko‘proq "Real"ning o‘zi ishonchira oladi. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari, agar sharoit mos kelsa, shu yerda o‘ynashni istaydi. "Real" katta klublar bilan raqobat qiladi, ammo hech qaysi klub Madriddniki kabi tarixga ega emas", — dedi Rikelme.
U Xolandning otasi va agenti tomonidan tarqalgan raddiyalarga ham munosabat bildirdi.
"Bu o‘yning bir qismi. Figu bilan ham xuddi shunday bo‘lgan edi. Biz futbolchini himoya qilishimiz kerak. Bu masalani avval ham, keyin ham muhokama qildik. Shuningdek, Rodrining agenti bilan ham muloqot qildik", — dedi u.
Rikelme Rodri transferi Xolandnikidan farq qilishini ta’kidladi.
"Rodri bo‘yicha biz "Manchester Siti" bilan muzokara olib borishimizga to‘g‘ri keladi. Biz klubga katta hurmat bilan qaraymiz va bu ustida ishlaymiz. Men bir narsani aniq bilaman: agar prezident bo‘lsam, bu ikki futbolchi "Real"da o‘ynaydi", — dedi nomzod.
Shuningdek, u efirda "Real" libosida Xoland ismi tushirilgan futbolka ko‘rsatilgani haqidagi savolga ham javob qaytardi.
"Bu ko‘ngilochar dastur. Futbol — bu futbol, bu ham o‘yning bir qismi. Biz "Manchester Siti"ga hurmat bilan munosabatdamiz va muzokaralarni davom ettiramiz. Hatto til bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun chorshanba kuniyoq klub bilan aloqaga chiqqanmiz", — dedi Rikelme.

Fikrlar