Riko Verkhuven Aleksandr Usikni to‘xtata oladimi?

  • 23.05.2026 15:10
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall Niderlandiya vakili Riko Verxuvenning ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

"Riko bilan o‘n yil sparring qilganman. Shuning uchun uni juda yaxshi bilaman va uni, bemalol, do‘stim deb atashim mumkin. Verxuven kuchli yigit, lekin Usik - haddan tashqari yuqori darajadagi bokschi. Riko do‘stim bo‘lsa ham, rostini aytishim kerak. Uni juda og‘ir sinov kutmoqda.

Menimcha, bu to‘qnashuvda har kim g‘alaba qozonishi mumkin. Ikkisida ham imkoniyat bor. Agar Verxuven yirik gaboritidan unumli foydalansa, Usikka jiddiy muammo tug‘dirishi aniq. Chunki boksda Riko Frensis Ngannudan ancha yaxshiroq!" - dedi angliyalik.

Eslatib o‘tamiz, Verxuven va Usik o‘rtasidagi bahs O‘zbekiston vaqti bilan 23 dan 24 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!