
Rim klubi "Milan" sardorini xarid qilishga yaqin
"Milan" jamoasi Alessio Romanoli jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda "Sportitalia" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, himoyachi klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. U asosiy himoyachi sifatida to‘p tepishni istamoqda.
27 yoshli futbolchiga "rossonerilar" boshlang‘ich tarkibidan joy kafolatlanmagan. Shu boisdan u ko‘p o‘yin amaliyotini va’da qilayotgan "Latsio" safiga borib qo‘shilmoqchi.
Rimliklar Alessioni erkin agent sifatida qo‘lga kiritadi. Shuningdek, futbolchi "burgutlar" safida yiliga 3 million evro maosh oladi.
Fikrlar