«River Pleyt» Messiga sovgʻa topshirdi
Muhammadqodir Ruzmatov
«River Pleyt» Lionel Messini klubning faxriy a’zosi deb e’lon qildi.
Argentinaning «River Pleyt» klubi rasmiy sayti orqali hujumchi Lionel Messi klubning faxriy a’zosi maqomiga ega bo‘lganini ma’lum qildi.
Argentina futboli grandi rahbariyati 39 yoshli hujumchi bilan uning milliy jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuvi oldidan uchrashdi. Klub prezidenti Stefano di Karlo Lionelga «River Pleyt»ning 125 yilligi munosabati bilan 10-raqamli maxsus futbolka hamda a’zolik guvohnomasini topshirdi.
Messining Argentina milliy jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvi 6 oktabrdan 7 oktabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi. «Albiseleste» Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvda Leo bir gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Izohlar (0)