Riyod-2025. Abdulloh Madaminov chempion, Odinaxon Ismoilova esa...
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun boks bo‘yicha final janglarida 4 nafar hamyurtimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan edi. Hozirga qadar 2 nafari o‘z bahslarini o‘tkazdi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, vakilamiz Odinaxon Ismoilova turkiyalik Evin Erginoguzga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani kumush medali bilan yakunladi.
Yana bir yurtdoshimiz Abdulloh Madaminov -65 kg da jazoirlik Jugurta Ait Bekkani 5:0 hisobida engib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana ikki charm qo‘lqop ustamiz ishtirokidagi final janglari kutmoqda.
Fikrlar