"RMC Sport": Sud davom etmoqda. Benzemaning aybi isbotlansa, u 5 yilga qamalishi mumkin

  • 21 oktabr, 2021, 06:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda Versalda "Olimpiakos"da o‘ynayotgan yarim himoyachi Mate Valbuena va "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema o‘rtasida sud majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Karim mazkur jarayonda o‘yinlarga tayyorgarlik tufayli qatnasha olmayapti. 

"Bu olti yildan beri davom etmoqda. Deyarli hamma shu erda, faqat Karim kelmadi. Bu uyat. Ochig‘i, nima qilish kerak ekanligini bilmadim. 

Biz oxirigacha boramiz. Olti yildan buyon shu ish yakunlanmadi. Bu g‘avg‘olardan xalos bo‘lguncha, shu erda qolamiz", - dedi Mate. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yil avval noma’lum shahslar Valbuenaning shahsiy hayotiga doir videolarni tarqatish bilan tahdid solib, undan pul talab qilishgandi. 37 yoshli yarim himoyachining o‘zi Benzemani mazkur mojaroda vositachi sifatida ayblamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" forvardining aybi isbotlansa, 5 yilgacha qamoq jazosi va 75 ming evro miqdorda jarima to‘lashi mumkin. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!