
Robben faoliyatini Rossiyada tugatmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben JCh-2018dan so‘ng Gollandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda.
“Men o‘zimga o‘zim shunday savol berdim: bor kuchimni “Bavariya” safida o‘ynashga sarflashim kerak, yoki ikkita frontda ish olib borishim kerak.
Men bu savolni oilam bilan, qolaversa terma jamoa bosh murabbiyi bilan ham muhokama qildim va yakunda hech bo‘lmasa yana bitta jahon chempionatida o‘ynashga qaror qildim”, - deydi Robben De Telegraaf nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar