Robert Levandovski: "Men hozir qaerda ekanligimni qadrlayman va bu menga yoqadi"
"Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski oʻz kelajagi haqida gapirdi.
“Yoshim deyarli 38 da, lekin jismonan oʻzimni yaxshi his qilyapman, shuning uchun turli variantlarni koʻrib chiqyapman. Men nafaqat oʻynash, balki hayotdan zavqlanish vaqti kelganini hisobga olishim kerak. Quyi darajadagi ligalarmi? Ehtimol, shunday variant paydo boʻladi va men buni istisno qilmayman. Shartnomam tugashiga taxminan 50 kun qoldi, shuning uchun qaror qabul qilish uchun hali vaqt yetarli. Men bir nechta takliflarni eshitib, keyin qaror qabul qilaman.
Men hozir qaerda ekanligimni qadrlayman va bu menga yoqadi. Keyin nima boʻlishini koʻramiz, lekin bir narsani aniq ayta olaman: men karyeramni davom ettirmoqchiman," - dedi polshalik hujumchi AS nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Levandovski joriy mavsumda "Barselona" bilan Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda yakuniga yetadi.
Azizjon Abduvaliev

Fikrlar