Robert Uittaker: "Rossiyalik jangchi Israel Adesanyani anchagina qiynab qo‘ya oladi"

  • 22.12.2024 18:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker yangi zellandiyalik Israel Adesanya va rossiyalik Nassurdin Imavov o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Men Adesanyani favorit deb o‘ylayman. U o‘z ishini juda yaxshi biladi, biroq Imavov ham oson "o‘lja" emas. Uning tezligi ancha yuqori. Menimcha, Nassurdin Israelni qiynab qo‘ya oladi" - dedi avstraliyalik MMA ustasi.

Eslatib o‘tamiz, Adesanya va Imavov o‘rtasidagi bahs 1 fevral kuni "UFC Fight Night 250" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!