Robert Uittaker Xamzat Chimaev bilan bog‘liq holatga jentelmenlarcha javob berdi!
Robert Uittaker Hamzat Chimaevning kasallik tufayli jang qila olmaganligiga o‘z munosabatini bildirdi.
"Men bu holatdan unchalik ham hafa emasman. Aksincha unga hamdardman va tezroq sog‘ayib ketishini xohlayman. Biz shunchaki ko‘ngil ochar shou ishtirokchilarimiz, shu sababdan bir-birimizga raqib sifatida qaraymiz. Ammo qafasdan tashqarida biz baribir insonlarmiz. Men unga tezroq sog‘ayib ketishini va doimo sog‘-salomat bo‘lishini xohlayman",-dedi Uittaker.
Eslatib o‘tamiz, Robert Uittaker 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida Xamzat Chimaev bildan jang qilishi kerak edi. Biroq, Chimaev jarohat sababli jangdan echildi va uning o‘rniga Ikram Aliaskerov Uittaker bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Fikrlar