Roberto Martinez "An-Nasr" bilan muzokara o'tkazmoqda
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan muzokaralarni boshladi.
Bu haqida RMC Sport jurnalisti Fabris Houkins xabar bermoqda.
Avvalroq ispaniyalik mutaxassis 2026 yildgi Jahon chempionati yakunlaridan qat’iy nazar, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etishi ma’lum qilingan edi.
Manbaga ko‘ra, Martinesga qiziqish bildirayotgan "An-Nasr" safida portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu to‘p surmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan "An-Nasr" yaqinida bosh murabbiy Jorje Jezush bilan xayrlashgan edi.
Endi klub rahbariyati jamoani Roberto Martinesga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar