Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Robertsonga raqobatchi kelyapti!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Nomzod ham Angliyadan!

"Bornmut" jamoasi himoyachisi Milosh Kerkez faoliyatini Angilyaning grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Football insayder" nashri xabar bermoqda.

"Liverpul" 21 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mersasayidliklar murabbiyi Arne Slot Kerkezni Endryu Robertsonga raqobatchi sifatida ko‘rmoqda. Miloshning  transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Kerkez joriy mavsumda "Bornmut" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol ba 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Miloshning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.

                                                                                                                                                 Ataev Abdukarim

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q