Robin van Persi: Kompani "Anderlext"ga taklif qilgandi

Gollandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Robin van Persi faoliyatini "Anderlext"da davom ettirish imkoni bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

"Mening xayrlashuv uchrashuvim ajoyib oqshom sifatida xotiramda qoldi. O‘yinning 70-daqiqasida hamma joyim og‘rishni boshladi, ammo o‘yinni tugatib qo‘yishni xohladim.

Ertasi kuni Vensan Kompani qo‘ng‘iroq qilib, meni "Anderlext"ga taklif qildi. U meni jamoaga yordam bera olishimga ishonardi, biroq men endi maydonda oldingidek o‘ynay olmasligimni juda yaxshi bilardim", - deydi Van Persi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!