Robinoning o‘g‘li Neymar’dan kaltak yegani­dan keyin “Santos”ga muammo qilyapti

  • 05.05.2026 16:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur braziliyalik futbolchi Robinyoning o‘g‘li jamoa mashg‘uloti vaqtida Neymar uni yuziga urgani sababli “Santos” bilan shartnomani bekor qilishi kutlmoqda.

18 yoshli futbolchi mashg‘ulotdagi holat sabab “Santos” rahbariyatiga rasmiy shikoyat yubordi.

3 may kuni “Palmeiras”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan o‘yinchilar uchun mashg‘ulot o‘tkazildi. 34 yoshli Neymar 18 yoshli futbolchi uni aldab o‘tganidan norozi bo‘ldi va buni hurmatsizlik deb hisoblab, “tinchrroq o‘ynashni” so‘radi.

Tajriba yulduzning e’tirozidan so‘ng ular o‘rtasida bahs kelib chiqdi, uning davomida janjal yuz berdi. Xabar qilinishicha, Neymar yosh futbolchini yuziga urgan. Keyinroq Neymar Robinyoga chaldi, natijada u yerga yiqildi.

Globo ma’lumotiga ko‘ra, kichik Robinho Neymarga nisbatan uchta ayblov qo‘ymoqda va klub bilan “xavfsizlikning eng kam shartlari yo‘qligi” sabab shartnomani bekor qilish masalasini muhokama qilish uchun uchrashuv talab qilmoqda.

Robinyoning o‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, Neymar “haqoratli so‘zlar aytgan”, uni “atayin chalib yiqitgan” va “yuziga qattiq zarba bergan”.

Kichik Robinho manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar “Santos”dan 48 soat ichida to‘rtta chora ko‘rishni talab qilmoqda. Bular: sodir bo‘lgan holatni aniqlash uchun ichki tekshiruv boshlash; mashg‘ulotdan fotosuratlarni taqdim etish; ko‘rilgan choralar bo‘yicha klub bayonotini berish; ehtimoliy ishdan bo‘shatishni muhokama qilish uchun uchrashuv tayinlash.

“Santos” talablarni bajarmasa, bu “shartnomaviy ishonchni buzish” va “ish joyida xavfsizlikni ta’minlash majburiyatlarini buzish” deb baholanadi, bu hatto bilvosita shartnomani bekor qilishga olib kelishi mumkin.

Shartnomani bekor qilishdan tashqari, ma’naviy va moddiy zarar uchun tovon talablar ham kun tartibida turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!