Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rodri fanat ta'qibidan qochib, politsiyaga murojaat qildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Mashhur bo‘lish ham qiyin

Bir necha muxlis yo‘lda futbolchini tanib qolib, undan imzo va birgalikda suratga tushishni so‘rashgan. Shundan so‘ng ular Rodri ortidan yurishni boshlagan. 

Futbolchi vaziyatdan bezovta bo‘lib, politsiya xodimlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. U huquq-tartibot idorasi vakillariga muxlislar uzoq vaqtdan beri uni tinmay ta’qib qilayotganini tushuntirgan. Politsiya aralashganidan keyingina muxlislar to‘xtagan, Rodri esa sayrini mustaqil ravishda davom ettirgani xabar qilinmoqda, deb yozadi El Correo.

Eslatib o‘tamiz, shu yozda 30 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi "Manchester Siti" tarkibidan "Barselona" jamoasiga o‘tdi. Kataloniya klubi Rodri bilan 2030 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q