Rodri jahon chempionatida qanday rekord o‘rnatdi?
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jahon chempionatining bir o‘yinida uzatmalar (paslar) berish bo‘yicha rekordni yangiladi.
Opta nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi guruh bosqichining so‘nggi turida Yaponiya bilan o‘yinda (1:2) umumiy hisobda 215ta uzatmani amalga oshirdi. E’tiborlisi, ushbu uzatmalardan 204tasi aniq bo‘ldi.
Bu esa 1966 yildan beri bir uchrashuvda eng ko‘p uzatma amalga oshirish bo‘yicha jahon chempionatining rekordi hisoblanadi.
Fikrlar