Rodri Kabo-Verdega qarshi o‘yin qiyin bo‘lganini ta’kidladi

  • 16.06.2026 00:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Kabo-Verdega qarshi o‘yindan (0:0) keyin uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bu sabr talab qilgan o‘yin bo‘ldi. Ular birinchi daqiqalardanoq himoyaga yotib oldi. Biz imkoniyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Past blokda himoyalanadigan jamoaga qarshi o‘ynash har doim qiyin", — dedi Rodri.

Statistikaga ko‘ra, ispanlar uchrashuv davomida 27 ta zarba yo‘llab, to‘pga 74 foiz vaqt egalik qildi, ammo darvozani ishg‘ol qila olmadi.

Ma’lumot uchun, "qizil furiya" keyingi turda Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!