Rodri Mourinьoga qanday rad javobini berganini oshkor qildi
“Barselona” yarim himoyachisi Rodri o‘tgan yozda uni “Qirollik klubi”ga o‘tishga ko‘ndirishga urinigan “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan qanday suhbat bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
- Mourinyo sen bilan muloqot qilganini ochiqchasiga aytdi. U senga nima dedi?
- Shaxsiy suhbatni oshkor qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Ammo u mening jamoaga o‘tishimni istaganini va unga qanday foyda keltirishim mumkinligini aytganini oshkor qilishim mumkin.
Muloqotimiz juda yaxshi o‘tdi. Qaror qabul qilganimdan keyin ham unga qo‘ng‘iroq qilib, qiziqishi va munosabati uchun minnatdorchilik bildirdim.
Menimcha, u buyuk murabbiy. Buni faoliyatining eng muvaffaqiyatli davrlarida qaerda ishlagan bo‘lsa ham isbotlagan. “Real” esa bu La Ligada kuchli raqib bo‘ladi, - deb Rodrining so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo.

Fikrlar