
Rodri "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgach: Ko‘pchilik futbol g‘alaba qozondi deb aytdi
"Manchester Siti" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgach, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men ayolim Lauraga rahmat aytmoqchiman. U men uchun juda muhim inson. Bugun bizning yubileyimiz. Ko‘pchilik menga bugun futbol g‘alaba qozondi, deb aytdi”, - dedi ispaniyalik futbolchi sovrinni qo‘lga kiritgandan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, "Real"ning braziliyalik hujumchi Vinisius Junior "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Dunyoning eng yaxshi besh nafar futbolchisi qatoriga Jud Bellingem, Dani Karvaxal va Erling Xoland ham kirdi.
Ma’lumot uchun, Rodri "Oltin to‘p" sohibiga aylangan "Manchester Siti" tarixidagi birinchi futbolchiga aylandi.
Fikrlar