Rodri «Real» bilan shartnoma bo‘yicha kelishdi
«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes bu yozgi transferlar oynasidan foydalanib jamoasini o‘zgartirishi va «Real Madrid» safiga o‘tishi mumkin.
Italiyalik insayder va jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi «qirollik klubi» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Yangi bitim 2030 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Xabarga ko‘ra, «Real» rahbariyati yaqin kunlar ichida Rodrining transferi yuzasidan «Manchester Siti» bilan rasmiy muzokaralarni boshlashga tayyor. Shu bilan birga, yarim himoyachi «shaharliklar» tomonidan taklif etilgan shartnomani uzaytirish variantidan voz kechgani ta’kidlanmoqda. Hozirgi amaldagi kelishuv 2027 yil iyunigacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildagi jahon chempionatida Rodri Ispaniya terma jamoasi tarkibida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, u turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

Fikrlar