
Rodri: "Real"ning qarori menga qiziq emas"
Rodri "Real Madrid"ning "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida ishtirok etmaslik qaroriga munosabat bildirdi.
Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Real Madrid"ning "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida qatnashmaslik qaroriga izoh berdi.
- Klub yakunda shunday qaror qabul qildi. Ular o‘z sabablariga ko‘ra marosimda ishtirok etishni istamadilar. Men buni qabul qilaman va e’tiborimni klubimga, jamoadoshlarimga va mening g‘alabamdan xursand bo‘lgan muxlislarga qarataman, - dedi Rodri.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik yarim himoyachi nomzodlar orasida asosiy raqiblari bo‘lgan Vinisius va Bellingemni ortda qoldirgan holda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar
Qay biri olsa ham loyiq edi bunga