Rodri “Siti” bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Manchester Siti"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri Ernandes yaqin vaqtlarda klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqida taniqli jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaning taʼkidlashicha, Rodriga jiddiy qiziqish bildirgan Madriddning "Real" klubi uni sotib olish uchun hech qanday jiddiy qadam tashlamagan. Ayni damda yarim himoyachi ispan grandiga oʻtishdan koʻra, "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.Tez orada yakuniy qaror qabul qilinadi.
Taʼkidlanishicha, "shaharliklar" bir necha haftadan buyon Rodri bilan yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar olib bormoqda va hozirda bu jarayonni tezlashtirmoqchi. Joriy mavsumda 29 yoshli "Oltin toʻp" sohibi barcha musobaqalarda 31 ta oʻyinda 2 ta gol urdi.
Azizbek Abduvaliev

Fikrlar