Rodri Vinisius bilan “adovati” haqida gapirdi

  • 26.03.2026 09:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri “Real” hujumchisi Vinisius Zhunior haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi 2024 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda nufuzli sovringa asosiy da’vogarlik sifatida braziliyalik yulduz e’tiroq etilgan. Natija Vinisiusga sovrindan qurq qolgani qattiq ta’sir qilgani va hatto u Rodri bilan bir jamoada o‘ynashni istamasligi haqida gapirgan.

- Menda Vinisiusga qarshi hech narsa yo‘q. Uni juda hurmat qilaman, u men “Oltin to‘p”ni olgan yilda katta yutuqlarga erishdi. G‘olibni boshqa odamlar tanlaydi. Bizni bir-birimizga qarshi qo‘yishga harakat qilishdi, ammo hech qanday muammo yo‘q, - dedi Rodri.

Rodrini ko‘pincha “Real”ga o‘tish haqida gapirishadi. “Qirollik klubi” vakillari ham keyingi mavsumlarda ispan futbolchisini jamoaga taklif qilish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!