
Rodrigo: " "BMV"ga “R”ni qo‘shish kerak”
“Real Madrid” hujumchisi Rodrigo Goes jamoaga Kilian Mbappe kelgandan so‘ng klubdan ketmoqchi emas.
Jurnalistlar matbuot amjumani vaqtida “qirollik klubi”ning hujum triosida braziliyalikni qo‘shishmadi, "BMV" (Bellingem, Mbappe, Vinisius) deb qisqartirishdi. Bunga Goes o‘z reaktsiyasini bildirdi.
“Menga jamoamiz qanday rivojlanayotgani yoqyapti. Ko‘pchilik Bellingem, Mbappe va Vinisius triosi haqida gapirmoqda, lekin ular "BMV" triosiga "R" harfini qo‘shishlari kerak. "Real Madrid"da hujumkor to‘rtlik va jamoaning qolgan qismi bor. Maydondagi har bir inson jamoa uchun muhim", - dedi braziliyalik hujumchi.
Ispaniya chempionatining dastlabki turida “Real” safarda “Malorka” bilan to‘qnash keldi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. “Qaymoqranglilar”ning goliga Rodrigo mualliflik qildi.
Fikrlar