Rodrigo "Arsenal"ga o‘tmaydi — braziliyalik vinger "Real"da qolishga qaror qildi

  • 14 iyun, 12:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Real Madrid"ning hujumchisi Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib ololmaydi. "Football Insider" nashrining xabariga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik vinger Madrid klubida qolishni ma’qul ko‘rdi va jamoadagi raqobat uchun kurashishga qaror qildi.

Tecno

Rodrigo o‘tgan mavsumda qisman e’tibordan chetda qolgani uchun norozi bo‘lgan. Biroq, yaqinda jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan Xabi Alonso qo‘l ostida vaziyat o‘zgaradi, deb umid qilmoqda.

Uning "Real" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, bozor qiymati esa 90 million evro deb baholanmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda Rodrigo 51 o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!