Rodrigo beshta top-klub qaysini tanlaydi?

  • 28.02.2026 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo jamoadagi roli borasidagi noaniqlik fonida Yevropa va Yaqin Sharqning qator klublari eʼtiborini tortmoqda.

Bu haqida Touchline nashri xabar berdi.

Ispaniya klubidagi futbolchining vaziyatini milanning “Inter” klubi diqqat bilan kuzatmoqda va ehtimoliy transfer imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Italiya klubidan tashqari, futbolchiga Angliyaning “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenxem” singari yetakchi klublaridan ham qiziqish bor.

Shuningdek, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol”  jamoasi mashhur yulduzni o‘z tarkibiga qo‘shib olish har qanday xarajatga tayyorgarligini bildirgan.

Tobora ortib borayotgan takliflarga qaramay, Rodrigoning o‘zi “Real”da faoliyatini davom ettirish niyatida, biroq zahira o‘yinchisi roliga ko‘nishga va muntazam asosiy tarkibdan tashqarida qolishga tayyor emas.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urdi va oltita golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!