Rodrigo EChLda "Real" uchun qaysi jamoa eng qiyin raqib bo‘lganligini aytdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan “qaymoqranglilar”ning eng qiyin raqibi haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchining aytishicha, "qirollik klubi" uchun yarim finaldagi "Manchester Siti"ga qarshi bahs oson bo‘lmagan.
“Chempionlar ligasida biz duch kelgan eng qiyin raqib? "Manchester Siti". Men Kevin de Bryuyneni “Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi deb atagan bo‘lardim Chunki, u haqiqiy etakchi va top darajadagi o‘yinlar ko‘rsatadigan futbolchi", - deya braziliyalik forvardning so‘zlarini keltiradi futbolchi “The Madrid Zone”.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining yarim finali javob o‘yini doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yining so‘nggi daqiqalarida Rodrigo dubl qayd etgandi. Bu "Real"ga o‘yinni qo‘shimcha vaqtga o‘tkazish imkonini berdi. Keyinchalik "qaymoqranglilar" Karim Benzemaning penaltidan kiritgan goli evaziga "shaharliklarni"ni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasiga ega chiqqan.

Fikrlar