Rodrigo jarohat bilan o‘ynab, rasvosi chiqdi

  • 03.03.2026 23:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 26-turida “Xetafe”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv “Real” uchun o‘ta qimmatga tushdi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida raqibga imkoniyatni boy bergan madridliklarning omadizligi faqat mag‘lubiyat bilan cheklangani yo‘q.

Uchrashuvda ogohlantirish olgan himoyalardan Din Xöysen va Alvaro Karreras, maydondan haydalgan Franko Mastantuono keyingi uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmaydi.

Bundan tashqari, Rodrigo Goesning ahvoli yaxshi emasligi tasdiqlandi. “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda 55-daqiqada maydonga tushgan braziliyalik hujumchi o‘ng tizzasidan shikastlangani qarama-y, o‘yinni davom ettirdi.

OK Diario nashri xabar beriga ko‘ra, eng yomon stsenariy tasdiqlandi. Rodrigo uchrashuvni davom ettirish orqali jarohatini chuqurlashtirib yuborgan. Uning tizzasidagi pay bog‘lamlari uzilgan bo‘lishi mumkin.

Agar bu taxminlar tasdiqlansa, futbolchi uzoq muddatga safdan chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!