Rodrining "Real" haqidagi gaplaridan so'ng "Manchester Siti" pozitsiyasini ochiqlandi

  • 27.03.2026 01:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun muhim oʻyinchi hisoblangan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrini saqlab qolmoqchi. Bu haqida ESPN xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, "shaharliklar" 29 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu muzokaralar 2024 yil sentyabrida olgan ogʻir jarohati sabab vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Taʼkidlanishicha, "Manchester Siti" klubida Rodrining faoliyatini La Ligada yakunlash uchun Ispaniyaga qaytishni istashini anchadan buyon bilishadi. Avvalroq u intervyusida "qaymoqranglilar" safiga oʻtishi mumkinligini istisno qilmagan edi.

Maʼlumot uchun, yarim himoyachi 2019 yildan buyonmanchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!