
Rokki Balboaning raqibi "Madrimov – Krouford" jangi uchun o‘z taxminlarini bildirdi
Sobiq jahon chempioni, Rokki Balboa filmida sur’atga tushgan va o‘sha mashhur Roy Jonsning epopeyasiga yakun yasagan bokschi Antonio Tarverning ta’kidlashicha, Terens Krouford(40-0, 31 KO) 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan bahsda Isroil Madrimov(10-0-1 N/C, 7 KO)ni mag‘lub etish uchun barcha qobiliyatidan foydalanishi kerak.
Tarverning aytishicha, Madrimov bilan ochiq jang qilish yaxshi g‘oya emas. Chunki u "Kanelo" Alvares kabi kuchli pancher. 13 oylik tanaffusdan so‘ng, 37 ga yaqinlashgan Krouford og‘ir zarbalarni ko‘tara olmaydi.
"Menimcha, Madrimov bilan jang qilish Kroufordning fikri bo‘lmagan. Taxminan, bu muhtaram Turki Alalshixning fikri edi. Agar tanlov Kroufordga bog‘liq bo‘lganida, u sumkani olib, nafaqaga chiqish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Kanelo" bilan jangga borgan bo‘lardi, biroq u biroz pul ishlashni xohlamoqda. Isroil qo‘llari uzun, kuchli raqib. Ikki qo‘lda ham kuchli zarbaga ega. Ammo Krouford o‘z iste’dodidan to‘g‘ri foydalanib, yaxshi himoya strategiyasini qo‘llay olsa, jangni nazorat qilishi mumkin. Krouford uchun bu bahs juda qiyin bo‘ladi. Chunki raqibi bosim bilan uzoqdan kuchli zarbalar beradigan bokschi. Terens og‘ir karvon, yoshi kattaroq va shu bois, ringda kam harakat qiladi. Uning mazkur jangda g‘alaba qozonishiga bu omillar juda katta qarshilik qilishi mumkin.
Ammo Madrimovda ham kamchilik bor. U unchalik tezkor emas. Ozgina shoshqaloq xolos. Agar Terens o‘z ritmini topsa, o‘zi xohlagan narsani qila oladi, deb o‘ylayman. Isroilning potentsial jang uslubi Kroufordga qarshi ishlamasligi mumkin", – dedi Antonio Tarver.
Fikrlar