"Roland Garros". Bugundan kuchlilar kurashga kirishdi

  • 27.09.2020 17:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Bir necha kun oldin "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning navbatdagisi - "Roland Garros"ga start berildi. Dastlabki kunlarda saralash bahslari o‘tkazilib, kuchlilar aniqlab olindi.

Endi dunyo tasnif jadvalida yuqori pog‘onalarni egallagan tennischilar ushbu musobaqadagi yurishlarini boshlaydi. Jumladan, ayollar o‘rtasida Viktoriya Azarenko o‘z raqibasi Danka Kovinichni osonlikcha taslim etdi. Yakuniy hisob - 6:1, 6:2.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida belgiyalik David Goffin Yannik Sinnerga 3 set yakuniga ko‘ra, imkoniyatni boy berdi. Birinchi setda raqibiga jang taklif eta olgan David keyingilarida osonlikcha engildi. Yakuniy hisob - 7:5, 6:0, 6:3.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!