
“Roma” afsonasi sobiq rafiqasini o‘g‘rilikda aybladi
“Roma” va Italiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Franchesko Totti sobiq rafiqasi Ilari Blazini Shveytsariyada ishlab chiqarilgan qimmatbaho soatlar kollektsiyasini o‘g‘rilaganlikda aybladi, deb xabar tarqatdi Corriere dello Sport gazetasi.
Ma’lumki,Totti va Blazining ajrashgani haqida iyul oyida xabar chiqqan edi. Hozirgacha, ajrim jarayoni davom etmoqda.
Oilaning barbod bo‘lishiga Blazining Tottiga xiyonat qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Tottining ta’kidlashicha, Blazi bilan ajrashganidan keyin uning seyfidan bir necha qimmatbaho soatlar yo‘qolgani aniqlangan.
Franchesko alamini olish maqsadida Blazining villasidagi qimmat kiyimlari, sumkalari, tuflilari, hamyonlari va taqinchoqlarini yashirib qo‘ygan.
2005 yilda turmush qurgan ikki yulduzning oilasida uchta farzand dunyoga kelgan.
Fikrlar